» » Fransuzlarning 65 foizi Fransua Fiyonning saylovda qatnashishiga qarshi chiqdi

Fransuzlarning 65 foizi Fransua Fiyonning saylovda qatnashishiga qarshi chiqdi


Fransuz saylovchilarining uchdan ikki qismiga yaqini Respublikachilardan nomzod Fransua Fiyon prezidentlik saylovlarida qatnashmasligi tarafdori. Bu haqda Fransiya jamoatchilik fikrini o‘rganish instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga tayanib, Reuters agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “TASS”.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarning 65 foizi Fiyon o‘z nomzodini saylovlardan olishini istamoqda. Shu bilan birga Respublikachilar partiyasini qo‘llab-quvvatlovchilarning 70 foizi uning prezidentlik poygasidagi ishtiroki tarafdoridir.

17—18-fevral kunlari o‘tkazilgan so‘rovnomada mingdan ortiq odam ishtirok etdi.

Fiyonning soxta ish o‘rinlari yaratish yo‘li bilan davlat mablag‘larini o‘zlashtirganligi ehtimoli bilan bog‘liq mojaro Le Canard encha?n? nashrining bir qator maqolalaridan so‘ng yuzaga keldi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-02-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют