» » Buxoroda tadbirkorligini tiklagan tadbirkorning 125 million so‘mlik soliq qarzi hisobdan chiqarildi

Buxoroda tadbirkorligini tiklagan tadbirkorning 125 million so‘mlik soliq qarzi hisobdan chiqarildi


Buxoro viloyatida faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda davlat ro?yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanganligi uchun bir yillik qat’iy belgilangan soliq summasi hisoblangan jismoniy shaxslar tadbirkorlik faoliyatini tiklashi bilan soliqdan qarzlari hisobdan chiqarilmoqda. Bu haqda viloyat soliq boshqarmasi axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan kogonlik fuqarolar Anvar Sayfiddinovning 125 million so‘mlik, Laylo Xasanovaning 14 million so‘mga yaqin, Dilafro‘z Fayziyevaning 1 million 200 ming so‘mdan ortiq soliq qarzlari belgilangan tartibda hisobdan chiqarildi.

“Ikki yildan beri davlatdan 125 million so‘mlik moliyaviy jarima bo‘yicha qarzlarimni tugatish masalasini yecholmay qiynalib, tadbirkorlikni qayta boshlasam soliq qarzi hisobiga mol-mulklarim xatlanib olinishidan cho‘chib yurgan edim. Seminarda hukumatimiz tomonidan berilayotgan yengiliklarni eshitib juda xursand bo‘ldim va shu kunning o‘zidayoq davlat xizmatlari markazidan qayta tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tdim. Shundan so‘ng davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan mening 125 milion so‘mlik soliq qarzlarim hisobdan chiqarildi. Xursandchiligimni cheki yo‘q, imtiyozli kredit olishga ham ariza berdim. Endi ikki yildan buyon faoliyat ko‘rsatmayotgan savdo do‘konimni ta’mirlab, biznesimni boshlab yuboraman”, – deydi fuqaro Anvar Sayfiddinov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2018, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют