» » Andijonda sayyor sud 15 nafar mahkumni jazodan ozod etdi

Andijonda sayyor sud 15 nafar mahkumni jazodan ozod etdi


Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasining Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni ijro etilishini nazorat qilish bo‘limi hamda Andijon shahar IIB xodimlari 250 nafardan ortiq mahkumlar ishtirokida sayyor sud tashkil etildi. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Sayyor yig‘ilishda Andijon shahar IIB Ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni ijro etish guruhi xisobida turgan 15 nafar mahkum sodir etgan jinoyatidan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarib, ijobiy tomonga o‘zgarganligi uchun muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

Sud tomonidan tayinlangan jazolarni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab, tuzalish yo‘liga kirmasdan, huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan 2 nafar mahkumning jazosi, ozodlikdan mahrum etish jazosiga almashtirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2018, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют