» » “Toshkent viloyatida biznes yuriting” forumida 250 million dollarlik 10 ta loyiha shartnomasi imzolandi

“Toshkent viloyatida biznes yuriting” forumida 250 million dollarlik 10 ta loyiha shartnomasi imzolandi


“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida “Toshkent viloyatida biznes yuriting” investitsion forumi o‘tkazildi. Unda chet ellik investorlar bilan 250 million dollarlik 10 loyiha bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, forum doirasida chet ellik investorlar bilan 250 million dollarlik 10 ta loyiha bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Forum doirasida “O‘zekspomarkaz” pavilyonida viloyatning 200 ga yaqin tadbirkorlari tomonidan sanoat, turizm va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

“Korxonamizda yiliga o‘rtacha 10 ming tonna sifatli tovuq go‘shti tayyorlanadi. Mahsulotlar asosan qo‘shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va arab davlatlariga eksport qilinmoqda”, — deydi Piskent tumanidagi “Saxovat Broyler” mas’uliyati cheklangan jamiyati bo‘lim boshlig‘i R.Qambarov.

Tadbir ishtirokchilari “Angren erkin iqtisodiy sanoat zonasi”da bo‘lib, u yerdagi korxonalar faoliyati va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishdi.

Forumda Rossiya, Fransiya, Germaniya, Polsha, Bolgariya, Turkiya, AQSh, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Malayziya va Singapur kabi 20 dan ortiq davlatdan 200 dan ziyod diplomatik korpus vakillari, tadbirkor va investorlar ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2018, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют