» » Kuchli beshlik. “Bavariya” qo‘shimcha daqiqalar evaziga bir ochkoli bo‘ldi, “Yuventus”dan yirik hisobdagi g‘alaba, “Monako” ochko yo‘qotdi, Balotelli esa eski hunarini boshladi

Kuchli beshlik. “Bavariya” qo‘shimcha daqiqalar evaziga bir ochkoli bo‘ldi, “Yuventus”dan yirik hisobdagi g‘alaba, “Monako” ochko yo‘qotdi, Balotelli esa eski hunarini boshladi


Yevropaning kuchli beshlik milliy chempionatlaridan Germaniya, Italiya va Fransiyada navbatdagi turning bir nechta uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Chemionlar ligasida Londonning “Arsenal” jamoasiga hech qanday imkoniyat qoldirmagan Myunxenning “Bavariya” klubi “Gerta” jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda zo‘rg‘a bir ochkoli bo‘ldi. Hakam o‘yinga besh daqiqa qo‘shib bergandi, “Bavariya” esa golni 90+6 daqiqada urdi.

Myunxenliklardan farqli o‘laroq Chempionlar ligasida mag‘lubiyatga uchragan Dortmundning “Borussiya”si esa ushbu turda “Volfsburg”ni qabul qilib yirik hisobda g‘alaba qozondi.

“Augsburg” — “Bayer” 1:3

Gollar: Karim Belarabi, 23 (0:1). Chicharito, 40 (0:2).  D.Kor, 60 (1:2).  Chicharito, 65 (1:3)

“Xoffenhaym” — “Darmshtadt 98” 2:0

Gollar: Andrey Kramarich, 63 (1:0). Andrey Kramarich, 90+3 (2:0).

“Maynts” — “Verder” 0:2

Gollar: Serj Gnabri, 16 (0:1). Tomas Deleyni (0:2).

“Gerta” — “Bavariya” 1:1

Gollar: Vedad Ibishevich, 21 (1:0). Robert Levandovski, 90+6 (1:1)

“Borussiya Dortmund” — “Volfsburg” 3:0

Gollar: Bruma, 20 (1:0,avtogol ).  Lukas Pishshek, 48 (2:0). Usman Dembele, 59 (3:0).

“Ayntraxt” — “Ingolshtadt” 0:2

Gollar: Romen Bregeri, 26 (0:1). Paskal Gross, 69 (0:2)

Chetlatishlar: David Abraxam, 34 (A). Mettyu Leki, 81 (I)

“Gamburg” — “Frayburg” 2:2

Gollar: Aaoron Xunt, 15 (1:0).  Maksimilian Filipp, 23 (1:1). Mixael Grigorich, 57 (2:1).  Vinchenso Grifo, 72 (2:2)

 

Turinning “Yuventus” jamoasi bu turda ham yirik hisobdagi g‘alabani tantana qildi. Turinliklar o‘z maydonida “Palermo”ni qabul qilib, raqiblari darvozasiga javobsiz uchta to‘p yo‘llashdi. O‘yinda Paulo Dibala dublga erishgan bo‘lsa, mos ravishda Klaudio Markizio va Gonsalo Iguain bittadan golga mualliflik qildi.

“Empoli” mehmoni bo‘lgan Rimning “Latsio” jamoasi safardan 3 ochko bilan qaytdi.

“Yuventus” — “Palermo” 4:1

Gollar: Klaudio Markizio, 13 (1:0). Paulo Dibala, 40 (2:0). Gonsalo Iguain, 63 (3:0). Paulo Dibala, 89 (4:0). Ivailo Chochev, 90 (4:1)

“Atalanta” — “Krotone” 1:0

Gol: Andrea Konti, 48 (1:0)

“Empoli” — “Latsio” 1:2

Gollar: Rade Krunich, 67 (1:0), Chiro Immobile, 68 (1:1), Balde Keyta, 80 (1:2)

Turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turgan “Monako” jamoasi ushbu turda ochko yo‘qotdi. “Bastiya” mehmoni bo‘lgan knyazlik klubi Bernardu Silva goli evaziga safardan bir ochko bilan qaytdi.

Turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turgan “Nitssa” klubi esa safardan g‘alaba bilan qaytdi. “Nitssa” safida to‘p surayotgan italiyalik hujumchi Mario Balotelli eski hunarlarini eslab navbatdagi qizil kartochkaga ega chiqdi. Ma’lumot uchun, Balotelli ushbu mavsumning o‘zida 3 ta qizil kartochka olishga ulgurdi.

“Bastiya” — “Monako” 1:1

Gollar: Abdulaye Diallo Sadio, 19 (1:0). Bernardu Silva, 52 (1:1).

“Marsel” — “Renn” 2:0

Gollar: Clinton Njie, 59 (1:0). Florian Tauvin, 64 (2:0)

“Mets” — “Nant” 0:0

“Loryan” — “Nitssa” 0:1

Gol:Uilyan Kipriyen, 15 (0:1)

Chetlatish: Mario Balotelli, 68 (N)

“Kan” — “Lill” 0:1

Gol: Anvar al-G‘ozi, 69 (0:1)

Chetlatish: Adama Soumaoro, 63 (L)

“Anje” — “Nansi” 1:0

Gol: Jonatan Bamba, 5 (1:0).

Опубликовано: admin (19-02-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют