» » Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun yangi turdagi dala formasi tasdiqlandi

Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun yangi turdagi dala formasi tasdiqlandi


O?zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov “Mudofaa vazirligi qo?shinlari harbiy xizmatchilarining ‘multikam’ rangdagi dala formali kiyimning yangi turini kiyishga bosqichma-bosqich o?tish to?g?risida”gi buyrug?iga muvofiq vazirlik qo?shinlarini yangi turdagi formali kiyimi bilan butlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

“O?zbekiston Prezidenti 2017-yil 28-avgustda Kattaqo?rg?on umumqo?shin poligonida harbiy xizmatchilar bilan uchrashuv vaqtida harbiylarning kiyim-kechaklari va anjomlarini ishlab chiqarishda past sifatli matolardan hamda eskirgan texnologiyalardan foydalanilayotganiga alohida e?tibor qaratib, tegishli vazirlik va idoralarga 2018-yil davomida harbiy ust-bosh kiyimlarini tikish uchun O?zbekistonning tabiiy iqlim sharoitlariga mos keladigan yengil va pishiq tolalardan to?qilgan maxsus matolarni ishlab chiqarish vazifalarini qo?ygan edi. Shundan so?ng, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda vazirlik qo?shinlariga yangi namunadagi kiyim-kechaklarni ishlab chiqarish uchun maxsus matolarni joriy qilish masalalalari ishlab chiqildi”, – deydi vazirlik Kiyim-kechak ta?minoti boshqarmasi boshlig?i mayor Rustam Mahmudov.

Mazkur sohada ilg?or tajribaga ega bo?lgan Rossiya, Ozarboyjon, Turkiya, Pokiston, Xitoy, Germaniya, Italiya kabi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning harbiy kiyim-kechaklari o?rganib chiqildi. Unga asosan bir necha turdagi formali dala kiyimlarining namunalari tayyorlanib, qo?shinlar sinovidan o?tkazildi. Harbiy xizmatchilarning bildirgan taklif va fikr-mulohazalari o?rganilib, “multikam” rangli dala formali kiyim-bosh O‘zbekiston iqlim sharoiti hamda qo?shinlar niqoblanishi uchun eng ma?qul deb topilgan.

Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari “multikam” rangdagi dala formali kiyimning yangi turini kiyishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda Toshkent harbiy okrugi hududida joylashgan barcha harbiy qism va muassasalar harbiy xizmatchilari yangi turdagi dala kiyim bilan to?liq ta?minlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2018, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют