» » “17 yoshimgacha Toshkentda yashaganman”. Ravshana Kurkova kuzda nima uchun Toshkentga kelishi haqida so‘zlab berdi

“17 yoshimgacha Toshkentda yashaganman”. Ravshana Kurkova kuzda nima uchun Toshkentga kelishi haqida so‘zlab berdi


Rossiyalik aktrisa Ravshana Kurkova yaqinda bergan intervyularidan birida hayotining eng qiziqarli lahzalari hamda kelgusidagi rejalari haqida so‘zlab berdi, deb yozadi “Podrobno.uz”.

Ravshana, shuningdek Toshkentdan Moskvaga ko‘chib o‘tishi qanday kechgani, buvisining oq “Volga” mashinasi to‘g‘risida ham gapirgan.

O‘zbekistonda hurmatga sazovor akusher-ginekolog bo‘lgan buvim 1966-yilda bir yilga Afg‘onistonga xizmat safari bilan ketgan. U o‘z oylik maoshini avtomobil ko‘rinishida olgan — bu sobiq ittifoq paytida mumkin bo‘lgan. O‘sha yillarda oq “Volga” li ayol Toshkentda qanday qabul qilinganini tasavvur qila olasizmi? Qimmatbaho avtomobillarni yaxshi ko‘rishim buvimdan o‘tgan bo‘lsa kerak. U yetakchi, qiziqarli va zamonaviy ayol bo‘lgan. Aytgancha, Moskvaga ko‘chib kelgunimcha men Toshkentdagi Novomoskovskaya ko‘chasida yashaganman.

Hamma megapolislar kabi Moskva ham o‘ta og‘ir, sershovqin shahar, ayniqsa yosh uyda o‘tirishni yoqtirgan qizcha uchun. Biroq bu shunday shaharki, unda hamma narsa bor!

Agar inson mehnatda qochmaydigan, his-tuyg‘ularga berilmay o‘z yo‘lida davom etadigan bo‘lsa bu shaharni zabt etish mumkin.

Men Moskvadan juda minnatdorman. U menga ko‘p narsa berdi. Hozir 37 yoshdaman, 17 yoshimgacha Toshkentda yashaganman. Ko‘rinib turibdiki, hayotimning aksariyat qismini u yerda o‘tkazganman. Mevalar ta’mi, quyosh, bolalikdagi tushlar hammasi yoqimli xotiralarda qoldi, biroq o‘zimni anglagandan keying hayotim aynan Moskva, Rossiya bilan bog‘liq.

Ravshana Kurkova, aktrisa

Kurkova Toshkentga kuz faslida tashrif buyuradi. Buning sababi haqida aktrisaning o‘zi shunday deydi:

“Buvim hayot paytida Toshkentga tez-tez borib turardim. Hozir esa u yerda yaqin qarindoshlarim qolmagan. Shunday bo‘lsa-da, imkoniyat bo‘lishi bilan Toshkentga uchaman.

Sentabr oyida Samarqand va Toshkentda ‘Bizning hovlida’ serialining yozgi bloklarini suratga olinadi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2018, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют