» » Andijonda yana bir bepul kutubxona tashkil etildi

Andijonda yana bir bepul kutubxona tashkil etildi


“O‘zavtotrans“ agentligi Andijon viloyati boshqarmasi rahbariyati tomonidan 10 kvadrat metr maydonda qurilgan binoda kutubxona tashkil etildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kutubxona kecha-yu kunduz faoliyat ko‘rsatishga mo‘ljallangan bo‘lib, kunning barcha vaqtida foydalanish mumkin.

Kutubxonaning kitob fondini to‘ldirish uchun boshqarma xodimlari va transport korxonalari tomonidan turli mavzudagi kitoblar taqdim etildi. Hozirgi kunda kutubxonada jahon adabiyoti, bolalar adabiyoti, diniy-ma’rifiy adabiyotlar, o‘zbek she‘riyati, o‘zbek klassik va zamonaviy romanchiligi, turli ensiklopediyalar va texnik adabiyotlar yo‘nalishlarida 500 dan ortiq kitoblar mavjud.

Shuningdek, kutubxona yaqinda “Hilol nashr” nashriyotining Andijondagi kitob do‘konidan sotib olingan 20 dan ortiq diniy-ma‘rifiy mavzudagi kitoblar bilan boyitildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2018, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют