» » Xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari moddiy rag‘batlantiriladi

Xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari moddiy rag‘batlantiriladi


O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan mudofaa vazirining buyrug‘iga asosan xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga moddiy yordam puli to?lanadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ushbu buyruq O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yetti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2018-yil 28-iyundagi qaroriga ko‘ra, “Vatan fidoiy farzandlarini unutmaydi!” shiori ostida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan tadbirlarning ijrosini ta?minlash hamda xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning xotiralarini yod etish, ularning oila a’zolariga yuksak ehtirom, mehr-muruvvat hamda moddiy va ma?naviy yordam ko‘rsatish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Buyruqqa ko‘ra, xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga moddiy yordam uchun ajratilgan pul mablag‘lari joylarda mas’ullar tomonidan topshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2018, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют