» » Organizmni toksinlardan tozalaymiz

Organizmni toksinlardan tozalaymiz


Agar siz hazm qilish tizimining yaxshi ishlamayotganini sezgan bo‘lsangiz, teringizda toshmalar paydo bo‘lsa va horg‘inlikni his qilsangiz – bu holat organizmni tozalash vaqti kelganini bildiradi.

Sabzi va lavlagidan oddiy usulda tayyorlanadigan, juda mazali bo‘lgan bu salat qonni, jigarni va siydik yo‘llarini tozalash xususiyatiga ega.

Salatni tayyorlash uchun sabzi va lavlagi tozalanadi, yirik qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Keyin esa o‘simlik yog‘i solib aralashtiriladi.

Tarvuz jigarni tozalaydi, siydik yo‘llarini esa a’lo darajada yuvadi. Tarvuzni qora non bilan birga iste’mol qilish ichaklarni tozalashga yordam beradi.

Organizmni tozalashning uncha qiyin bo‘lmagan yana bir yo‘li – muntazam ravishda, ayniqsa ertalab suli yormasini iste’mol qilish.

Suli yormasi yengil hazm bo‘ladi, tarkibi organizmdan zaharli moddalarning tabiiy ravishda chiqib ketishini ta’minlovchi ko‘p miqdorda foydali minerallar va vitaminlardan tashkil topgan.

Qoramtir guruch suli yormasi kabi organizmdan zaharli moddalarni chiqarishga a’lo darajada yordam beradi.

Bunday guruchni har qanday ovqat bilan birga yeyish mumkin yoki alohida uslubda qabul qilsa ham bo‘ladi. Buning uchun bir hafta davomida quyidagi tartibda iste’mol qilinadi:

3 osh qoshiq qoramtir guruch tayyor bo‘lguncha qaynatiladi va ovqatdan 4 soat oldin yeyiladi. Guruchni yeyishdan oldin 1 piyola qaynatilgan iliq suv ichiladi.

Опубликовано: admin (19-02-2017, 19:14)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют