» » Chikagoda turar-joydagi yong‘in oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Chikagoda turar-joydagi yong‘in oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi


Amerikaning Chikago shahrida turar-joyda yuz bergan yong‘in oqibatida sakkiz kishi, jumladan, olti nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda o‘t o‘chirish xizmati vakillariga tayanib, Fox News telekanali xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Yong‘in mahalliy vaqt bilan 4:00 atrofida shaharning g‘arbiy qismidagi uch qavatli uyning kvartiralaridan birida yuzaga kelgan. Taxminan bir soat ichida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘inning yuzaga kelish sababi aniqlanmagan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, kvartirada tutunni sezish datchiklari bo‘lmagan.

Yong‘in oqibatida yana ikki kishi shifoxonaga yotqizilganligi ta’kidlanmoqda. Ularning ahvoliga aniqlik kiritilmagan. Shifoxonaga, shuningdek, shahar o‘t o‘chirish xizmati xodimi ham yetkazilgan, uning ahvoli barqaror.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2018, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют