» » Toshkentda tibbiyot xodimlari uchun shanbaliklar bekor qilinganiga “bir yildan oshdi”. Uning o‘rnini yakshanbaliklar egalladi

Toshkentda tibbiyot xodimlari uchun shanbaliklar bekor qilinganiga “bir yildan oshdi”. Uning o‘rnini yakshanbaliklar egalladi


O‘zbekistonda tibbiyot sohasi xodimlari uchun shanbaliklar bekor qilindi — ularning o‘rniga endi yakshanbaliklar joriy etilgan, deya xabar bermoqda “Novosti Uzbekistana” nashri.

Nashrning Toshkent shahar Yashnobod tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari Galina Durmanovaga asoslanib yozishicha, “tibbiyot xodimlari ish vaqti hududlarni tozalashga jalb etilmay qo‘yganiga bir yildan oshgan”. Durmanova xonimning fikricha, bunday maqsadlar uchun dam olish kunlari bor va shifokorlar o‘z hordiq kunlarida ko‘chalarni tozalab qo‘yishlari “normal holat”.

Shahar va o‘zing ishlab turgan tibbiyot muassasasi atrofini ozoda qilib qo‘yishning uyatli joyi yo‘q, deb hisoblayman. Hozir tibbiyot xodimlari hududlarni tozalashga, birinchidan, har hafta chiqayotgani yo‘q; ikkinchidan esa, yakshanbaliklarga hamma birdan emas, balki navbatma-navbat chiqadi.

Galina Durmanova, Yashnobod tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, buning hech kimga og‘irligi tushmaydi, aksincha, har kimda o‘z ish joyiga nisbatan hurmat hissini uyg‘otadi.

“Biroq aksariyat fuqarolar — ham tibbiyot xodimlari, ham bemorlar — bunday tadbirlar qay vaqtda tashkil etilishidan qat’iy nazar, ularni nomaqbul deb hisoblaydi. Tibbiyot xodimlari ish vaqtida ishlashi, dam olish kunlari esa dam olishi zarur. Hozircha esa faqat shanbaliklarning nomi o‘zgargan bo‘lib chiqyapti, xolos”, — deb vaziyatga munosabat bildirgan “Novosti Uzbekistana” nashri.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-02-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют