» » Saudiya Arabistoni TIV rahbari Eronni terrorizmning bosh homiysi deb atadi

Saudiya Arabistoni TIV rahbari Eronni terrorizmning bosh homiysi deb atadi


Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasida Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr muloqotga chaqirgan Tehronga rad javobini berib, Eronni global terrorizm homiysi va Yaqin Sharqni beqarorlashtirayotgan kuch deb atadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Eron jahondagi terrorizmning yagona va asosiy homiysidir. Tehron Yaqin Sharqdagi tartibni buzishni maqsad qilgan. Eron o‘z harakatlarini o‘zgartirmas ekan, bunday mamlakat bilan hamkorlik qilish juda mushkul bo‘ladi”, — dedi Saudiya TIV rahbari.

Tashqi ishlar vaziri Tehronni Suriyada Bashar Asad rejimini hamda Yamandagi shia isyonchilari — xusiylarni qo‘llab-quvvatlashda aybladi.

Al-Jubayrning so‘zlariga ko‘ra, jahon hamjamiyati Tehronning harakatlarini to‘xtatish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishi zarur.

Avvalroq, AQSh, Saudiya Arabistoni va boshqa qator arab mamlakatlari Eronga qarshi ittifoq tuzishni mo‘ljallayotgani xabar qilingan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-02-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 144) ( 0) ( 142) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют