» » O‘zbekiston madaniyat va san’at muassasalarida blokcheyn texnologiyasi asosida Chipta operatsiyalarining yagona elektron tizimi joriy etiladi

O‘zbekiston madaniyat va san’at muassasalarida blokcheyn texnologiyasi asosida Chipta operatsiyalarining yagona elektron tizimi joriy etiladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matnini O‘zA e’lon qildi. Unga ko‘ra, madaniyat va san’at muassasalarida blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda Chipta operatsiyalarining yagona elektron tizimini (ChOYaET) joriy etiladi.

Bunday tizimni joriy qilish va uning ishlash tartibini belgilashni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Jamg‘arma, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishi kerak.

ChOYaETga ulangan respublika madaniyat va san’at muassasalari tomonidan chiptalarni sotish, hisobga olish va tasdiqlash avtomatik tizimlaridan majburiy foydalaniladi.

Elektron chiptalarni chipta apparatlari va avtonom bosma uskunalardan foydalanib, elektron chiptalarni, shu jumladan chipta tarqatuvchi yuridik shaxslar tomonidan vositachilik shartnomalari asosida erkin muomalaga chiqarish va realizatsiya qilish uchun huquqiy asoslar yaratiladi.

ChOYaET doirasida chiptalarni sotishdan tushgan tushumdan ChOYaETni saqlash, shuningdek, Renovatsiya dasturida va “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun Jamg‘armaga yuboriladigan yig‘im joriy etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2018, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют