» » Olmazor tumanidagi 58 ta mahallada bo‘sh turgan obyektlarni aniqlashga qaratilgan xatlov o‘tkazildi

Olmazor tumanidagi 58 ta mahallada bo‘sh turgan obyektlarni aniqlashga qaratilgan xatlov o‘tkazildi


Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 58 ta mahallalarni to‘liq qamrab olgan holda bo‘sh turgan obyektlarni aniqlashga qaratilgan xatlov o‘tkazildi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qurilish vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi, Davlat Soliq qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri xizmati qo‘mitasi hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan Olmazor tumanida bo‘sh turgan, foydalanilmayotgan yoki samarali foydalanilmayotgan binolar, inshootlar, ishlab chiqarish obyektlari va maydonlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish hamda ishga tushirishga qaratilgan Qo‘shma farmoyishga asosan amalga oshirildi.

Xatlov natijasida 447 ta shunday obyektlar aniqlandi. Hozirgi kunda investitsiya, iqtisod boshqarmasi hamda tijorat banklari ishtirokida investitsiya loyihalari ishlab chiqilib, ularni to‘liq ish boshlashi choralari ko‘rilmoqda.

Masalan, Toshkent shahar prokuraturasining ko‘magida Changalzor-Mavzuk ko‘chasida joylashgan bir necha yillardan buyon foydalanmay bo‘sh turgan umumiy 1,1 ga yer maydonidagi 140 kv.m. bino-inshootlarda mulkdor “Holos” MChJ tomonidan temir-beton mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2018, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 61) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют