» » 2018-yilning eng yaxshi smartfonlari reytingi tuzildi

2018-yilning eng yaxshi smartfonlari reytingi tuzildi


Business Insider nashri 2018-yilning eng yaxshi smartfonlari reytingini e’lon qildi, deb yozadi “RBK”.

Ekspertlar fikricha, pul sarflashga arziydigan yangi qurilmalardan biri — OnePlus 6 bo‘lib, uning sifatli kamerasi, 6 Gb tezkor xotirasi, shuningdek, tezkor quvvat texnologiyasiga ega akkumulyatori afzalliklar sifatida tilga olindi.

Qayd etilgan yana bir qurilma — Samsung Galaxy Note 9. U baquvvat akkumulyatori va yaxshi kamerasidan tashqari 512 Gb ichki xotirasi bilan ham maqtana oladi.

Yuqori beshlikdan Samsung Galaxy S9 ham o‘rin oldi, u mutaxassislar tomonidan eng chiroyli smartfon deb e’tirof etildi.

“iPhone X’ning Android-versiyasini eslatuvchi”, ammo bir necha yuz dollarga arzonroq turuvchi LG G7 Thinq esa xaridorlarni 6,1 dyuymli displeyi, namdan himoyalanganligi, sifatli dinamiklari, ultrakeng obyektivli kamerasi va simsiz akkumulyatori bilan jalb qila oladi.

Ro‘yxatdagi eng arzon gadjet — Motorola Moto G6 ning afzalliklari sifatida baquvvat va tezkor zaryad olish qurilmasi, shuningdek, yaxshi kamerasi qayd etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2018, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют