» » Andijonda ov quroliga ega 94 nafar fuqaro aniqlandi

Andijonda ov quroliga ega 94 nafar fuqaro aniqlandi


Joriy yilning 22-avgust kuni Qo‘rg‘ontepa tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Tozalash-antiterror” tezkor profilaktik tadbirlari davomida tumanning “Dehqonchek” MFYda yashovchi fuqaro Sh.O‘. ning xonadoni ko‘zdan kechirilgan IJ-18 rusumli ov quroli, 21 dona gilzalar, 35 dona 5.6 millimetrli o‘qlar noqonuniy ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi. Bu haqda “Daryo”ga Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur xolat bo‘yicha fuqaro Sh.O‘. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 248-moddasida belgilangan “Tegishli ruhsatnomasiz o‘qotar qurol, shuningdek, o‘q dorilar saqlaganligi uchun” jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi JKning 248-moddasida “O‘qotar qurol, o‘q dorilar, portlovchi moddalar, portlovchi qurilmalarni o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi” belgilab qo‘yilgan. Andijon viloyati IIB Ekspert kriminalistika bo‘limida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tergov va surishtiruv organlarining qarorlariga asosan ichki ishlar idoralariga topshirilgan 94 dona ov qurollari ekspertizadan o‘tkazildi. 94 nafar ov quroli saqlab kelayotgan fuqarolarning ixtiyoriy ravishda topshirganligi inobatga olinib, ular jinoiy javobgarlikka tortilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2018, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют