» » Rejissor Raj Kapurning merosxo‘rlari uning Mumbaydagi studiyasini sotuvga qo‘ydi

Rejissor Raj Kapurning merosxo‘rlari uning Mumbaydagi studiyasini sotuvga qo‘ydi


Hind aktyori va rejissori Raj Kapur (1924—1988)ning oilasi a’zolari u 70 yil avval Bombay (hozirgi Mumbay)da asos solgan RK Studios studiyasini sotishga qaror qildi, deb yozadi “TASS”.

The Times of India xabariga ko‘ra, bunday qaror oilaning barcha vakillari sihtirokidagi uchrashuvda qabul qilingan. Raj Kapurning to‘ng‘ich o‘g‘li, aktyor, rejissor va prodyuser Randxir Kapur bu ma’lumotni tasdiqladi. U studiya joylashgan butun yer maydoni sotilishini, bunday qarorni qabul qilish ular uchun oson kechmaganini aytdi.

“Bilasiz, o‘tgan yili studiyada yong‘in yuz berdi, shundan keyin biz studiyani ta’mirlash haqida o‘yladik, ammo bunga juda katta pul kerak bo‘ladi”, — dedi Kapur.

1948-yilda asos solingan RK Studios studiyasida Bollivudning “Daydi”, “Janob 420” kabi klassik filmlari ham suratga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2018, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 107) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют