» » Idish yuvish jarayonida qanday xatolarga yo‘l qo‘yamiz?

Idish yuvish jarayonida qanday xatolarga yo‘l qo‘yamiz?


Idish yuvish jarayonida qanday xatolarga eng ko‘p yo‘l qo‘yamiz? Agar mikroblardan xalos bo‘lish va suv hamda yuvish vositalarini tejashni istasangiz quyidagi maqola aynan siz uchundir.

Juda ko‘p ko‘pik

Agar idish yuvayotganingizda rakovinada ko‘pikli aysberg hosil bo‘lsa, bu yuvish vositasidan noto‘g‘ri foydalanishingizning yaqqol belgisidir. Idish yuvish vositalarining reklamasida bejizga bir tomchi haqida so‘zlanmaydi, haqiqatda ham ularning bir tomchisi yetarli bo‘lishi lozim.

Ulardan keragidan ortiq foydalanganingizda idish yuzasida kimyoviy vosita qoldiqlari qolib ketadi va ularning taom bilan birga oshqozonga tushish xavfi ortadi.

Vositaning tarkibi ham muhim ahamiyatga ega. Tarkibida oqartiruvchi, triklozan va boshqa kuchli vositalar bo‘lgan suyuq va kukun vositalardan foydalanmaslikka harakat qiling. Ular kimyoviy vositalarga chidamli mikroblarning ko‘payishiga olib keladi.

Gubka bilan yuvish

Ko‘rinishi beozor bo‘lgan bu rangli porolon parchasi aslida sekin harakatga keltiriladigan mikroblar bombasidir. Uning bir santimetr kubida bir necha minglab ichak tayoqchalari bakteriyasi va salmonell bo‘lib, gubkaning aynan g‘ovakli yuzasi uni mikroblar uchun ideal uyga aylantiradi.

Shuning uchun porolonni tashlab yuborib, tabiiy matolardan ishlangan salfetkalardan foydalaning. Ularda ham bakteriyalar yetarlicha to‘plansa-da, to‘g‘ri yuvilganda bu variant gigiyenaga ko‘proq mos keladi.

Iflos rakovina

Iflos rakovinada unitazga qaraganda 100 ming marta ko‘proq mikrob mavjud. Shu sababdan ham uni muntazam soda yoki tuzli uksus bilan yuvishni tavsiya etamiz.

Rakovinani ovqat qoldiqlari bilan to‘ldirish

Tarelka va tovalarni rakovinaga joylashdan avval undagi barcha ovqat qoldiqlarini tozalashga harakat qiling. Ovqat qoldiqlarining quvurga tiqilib qolishi juda yoqimsiz holat ekanligini yoddan chiqarmang.

Опубликовано: admin (20-02-2017, 00:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют