» » Soliq qo‘mitasi 1223 ta korxonaning dividentlari noqonuniy to‘lagani aniqlandi

Soliq qo‘mitasi 1223 ta korxonaning dividentlari noqonuniy to‘lagani aniqlandi


2015—2017-yillar 1223 ta korxona taqsimlanadigan sof foydasi bo‘lmasa-da 270,1 milliard so‘mlik mablag‘larini aksioner va ta’sischilarga dividend ko‘rinishida hisob raqamlaridan noqonuniy to‘lab bergan, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Buning natijasida davlat budjetiga 36 milliard so‘mlik soliqlar tushmagan.

O‘zbekiston Soliq kodeksining 22-moddasiga muvofiq, dividendlar yuridik shaxs tomonidan uning muassislari o‘rtasida taqsimlanadigan sof foydaning yoki o‘tgan yillardagi taqsimlanmagan foydaning bir qismi hisoblanadi.

Foydasi yo‘q yoki zarar bilan ishlayotgan yuridik shaxsning divident deb to‘lab bergan mablag‘i jismoniy shaxslarga moddiy naf tarzidagi daromad deb baholanib, jismoniy shaxslarning daromad solig‘i stavkasida, agar yuridik shaxslarga to‘langan bo‘lsa, ularning boshqa daromadlari tarkibiga kiritilib soliqqa tortilishi shart edi.

DSQning misol keltirishicha, yuridik shaxs egasi foydasi yo‘q yoki balansida zarar bo‘lgani holda 50 million so‘m mablag‘ini dividend to‘lovi deb 10 foiz stavkada soliq to‘lab hisob raqamidan olgan bo‘lsa, Soliq kodeksi talabida 22,5 foiz stavkada 11,2 million so‘m soliq to‘lashi lozim edi.

Xo‘jalik subyektlarining moliyaviy hisobotlariga tayanib, soliq organlari Soliq kodeksining 38-moddasi asosida oxirgi 5 yilda to‘langan divident to‘lovlarini soliqqa tortilishini kameral nazoratdan o‘tkazmoqda.

Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 31-moddasi talabida soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashda yo‘l qo‘ygan xatolarini mustaqil ravishda tuzatish huquqiga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2018, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют