» » Keynning xet-trigi hamda Ibrahimovichning najot goli “Tottenhem” bilan “Yunayted”ni kubok keyingi bosqichiga olib chiqdi

Keynning xet-trigi hamda Ibrahimovichning najot goli “Tottenhem” bilan “Yunayted”ni kubok keyingi bosqichiga olib chiqdi


Dam olish kunlari Angliyada mamlakat kubogining chorak finaliga yo‘l olish uchun kurashlar bo‘lib o‘tdi.

Shanba oqshomida Londonning “Chelsi” klubi bu missiyani muvaffaqiyatli hal qilgan bo‘lsa, 19-fevralga kelib ular safiga “Tottenhem” va “Manchester Yunayted” klublari ham qo‘shildi.

“Shporlar” Londonning o‘zida “Fulhem” bilan bellashib, Harri Keyn tomonidan urilgan uchta gol sabab navbatdagi bosqich chiptasini hal qila oldi.

“Manchester Yunayted” esa Blekbern Rovers” klubi dovonidan o‘tdi. Uchrashuv 1:1 bo‘lib turgan bir paytda Joze Mourinyo maydonga Pol Pogba hamda Zlatan Ibrahimovichni tushirdi. 10 daqiqadan keyin ulardan biri golli uzatmani amalga oshirdi, ikkinchisi “Yunayted”ni chorak finalga olib chiqqan golga mualliflik qildi.

Bugun — 20-fevral kuni nimchorak finaldagi so‘nggi uchrashuv o‘tib, Londonning “Arsenal” klubi safarda “Satton Yunayted” bilan bellashadi. 28-fevral kuni esa “Manchester Siti” o‘z maydonida “Xaddersfild Taun”ni qabul qiladi. Tomonlarning birinchi uchrashuvida 0:0 hisobi qayd etilgandi.

Angliya kubogi
1/8 final
19-fevral, yakshanba

Gollar: Denni Grem, 17 (1:0). Markus Reshford, 27 (1:1). Zlatan Ibrahimovich, 75 (1:2).

Gollar: Harri Keyn, 16 (0:1). Harri Keyn, 51 (0:2). Harri Keyn, 73 (0:3).

20-fevral, dushanba
“Satton Yunayted” — “Arsenal”

Опубликовано: admin (20-02-2017, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют