» » Olimlar Meksikadan topilgan 50 ming yillik mikroblarni “uyg‘otdi”

Olimlar Meksikadan topilgan 50 ming yillik mikroblarni “uyg‘otdi”


Olimlar Meksikaning Chiuaua shtatidagi Kristallar g‘oridan topilgan 50 ming yillik mikroblarni “tiriltirdi”, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Bir necha yil avval mikroblar selenit kristallaridagi suyuqlik namunalarida aniqlangan edi.

“Ular juda uzoq vaqt davomida uyquda bo‘lgan, ammo yashashga qobil bo‘lib qolgan”, — dedi NASA’ning Astrobiologiya instituti direktori Penelopa Boston.

U 2008—2009-yillarda suyuqlik namunalarini olgan, endi esa laboratoriya sharoitlarida olimlar uning rahbarligi ostida uxlayotgan mikroblarni “uyg‘otish”ga muvaffaq bo‘ldi. Boston ta’kidlashicha, ular g‘orlarga xos bo‘lgan mikroorganizmlarning taniqli turlariga o‘xshash, biroq ulardan genetik jihatdan farqlanadi. Mikroblarning yoshi haqidagi xulosaga kristallarning o‘sish tezligi haqidagi ma’lumotlardan kelib chiqib kelindi.

Agar olingan natijalar tasdiqlansa, bu yerdagi mikroblar avval o‘ylashganidan ko‘ra ancha qiyin sharoitlarga dosh bera olishini bildiradi.

Опубликовано: admin (20-02-2017, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 38) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют