» » “PSJ”ga 5 ta gol urishi kerak bo‘lgan “Barselona” La liga debyutanti “Leganes”ga arang 2 ta gol urdi

“PSJ”ga 5 ta gol urishi kerak bo‘lgan “Barselona” La liga debyutanti “Leganes”ga arang 2 ta gol urdi


Ispaniya La ligasining 23-turida Kataloniyaning “Barselona” klubi qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Kamp Nou”da “Leganes”ni qabul qilgan Luis Enrike jamoasi 2:1 hisobida muvaffaqiyat qozondi.

Bellashuvda “Barselona”ni Lionel Messi qutqarib qoldi deyish mumkin. U avvaliga hisobni ochib bergan bo‘lsa, uchrashuv so‘nggida penaltini aniq amalga oshirib, jamoasiga 3 ochko taqdim etdi.

Mazkur g‘alaba “Barselona”ni yana 2-pog‘onaga olib chiqdi. Ayni vaqtda klub “Sevilya”ga qaraganda 2 ochko ko‘proq jamg‘argan.

Mavzuga oid: La Liga. “Real”dan g‘alaba, Kevin Gameyrodan 5 daqiqa ichida xet-trik, “Sevilya” esa 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Kecha kunning markaziy o‘yini San-Sebastyan shahrida o‘tib, “Real Sosyedad” o‘z maydonida “Vilyarreal”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa mezbonlar kuchli to‘rtlik uchun kurashish imkoniyatini ancha pasaytirdi.

Ispaniya La ligasi
23-tur
19-fevral, yakshanba

Gol: Samuel Kastilyexo, 90+4 (0:1).

Gollar: Luish Nani, 13 (1:0). Simone Zaza, 45+1 (2:0).

Gollar: Pione Sisto, 23 (1:0). Jozabed, 87 (2:0). Yago Aspas, 89 (3:0).

Gollar: Lionel Messi, 4 (1:0). Unai Lopes, 71 (1:1). Lionel Messi, 89-pen (2:1).

20-fevral, dushanba
“Malaga” — “Las-Palmas”

Опубликовано: admin (20-02-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют