» » Internetga Kim Chon Namga uyushtirilgan hujum videosi joylandi (video)

Internetga Kim Chon Namga uyushtirilgan hujum videosi joylandi (video)


Internetda KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kim Chon Namga hujum uyushtirilishi aks etgan kuzatuv kameralari qaydlari paydo bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur aeroportida yuz bergan voqea videosida oq kofta va jinsi shim kiygan qiz erkakni changallab tutib turganini, ikkinchi qiz esa uning yuziga zaharli moddani sepayotganini ko‘rish mumkin.

So‘ng kadrlarda Kim Chon Nam aeroport soqchilariga murojaat qilayotgani ko‘ringan. Oxir-oqibat uni xavfsizlik xizmati punktiga eltishgan, u yerda esa u hushini yo‘qotgan.

Avvalroq Janubiy Koreya Kim Chon Namning o‘ldirib ketilishida KXDRning qo‘li borligini aytgan edi.

Shuningdek, OAVlar Kim Chon Namga suiqasdni tashkillashtirishda gumonlanayotganlardan biri kimyo sohasidagi ekspert ekanligini ma’lum qilgandi.

Опубликовано: admin (20-02-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют