» » OAV: Xitoy 2018-yilda quvvati 1 eksaflopsga teng superkompyuterni yaratmoqchi

OAV: Xitoy 2018-yilda quvvati 1 eksaflopsga teng superkompyuterni yaratmoqchi


Xitoylik mutaxassislar 2018-yilgacha eng yangi o‘ta baquvvat kompyuterni yaratishni rejalashtirmoqda, uning unumdorligi 1 eksaflops (soniyasiga kvintilyonta (10 ning 18-darajasi) suzuvchi vergulli operatsiyalar)ga teng. Bu haqda Tyanszin shahar Superkompyuterlar davlat markaziga tayanib, China Daily ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Loyiha rahbari Men Syanfey so‘zlariga ko‘ra, Tianhe-3 deb nomlanuvchi ishlanma “o‘ziga o‘xshash qurilmalarni ortda qoldirib, dunyodagi eng ilg‘origa aylanadi”. U TOP500 versiyasiga ko‘ra 2016-yil noyabrida eng baquvvat kompyuter deb e’lon qilingan Sunway TaihuLight’dan bir necha o‘n marta ustunroq bo‘ladi.

Ushbu mashinadan, xususan, oqsillar joylashuvining tuzilmasi va ketma-ketligini tahlil qilishda gen injeneriyasida foydalanish rejalashtirilmoqda.

Yangi qurilma faqat milliy texnologiyalar asosida yaratilmoqda va 2020-yilgacha loyihaviy rejimda ishlashga tayyor bo‘ladi.

Опубликовано: admin (20-02-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют