» » Olmazor Business City’ga yangi rahbar tayinlandi

Olmazor Business City’ga yangi rahbar tayinlandi


Toshkent shahar hokimi qaroriga muvofiq Umarov Umid Ahmadjonovich Olmazor Business City yangi tadbirkorlik markazini qurish, ekspluatatsiya qilish direksiyasi davlat unitar korxonasining rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Ma’lumot uchun, Umid Umarov Toshkent Vestminster universitetining xalqaro tijorat huquqi mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.

Mehnat faoliyatini 2003-yilda Zarafshon—Nyumont QKda direktor tarjimoni sifatida boshlab, 2009—2016-yillarda “Navoiy tog‘ metallurgiya kombinati” DUK huquqshunosi, direktor o‘rinbosari, 2017—2018-yillarda Gold Azia Zarafshon MChJ direktori o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

2018-yildan Tashkent city DUK direksiyasida yuridik bo‘lim boshlig‘i vazifasida mehnat qilib kelayotgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2018, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 92) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют