» » O‘zbekistonda yer uchastkasi maydoni hisobotda aks ettiriladi

O‘zbekistonda yer uchastkasi maydoni hisobotda aks ettiriladi


Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining qarori (ro‘yxat raqami 2439?6, 2018-yil 20-avgust) bilan soliq hisobotining shakllariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i to‘lovchi to‘g‘risida ma’lumot yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan umumiy yer maydoni bo‘yicha gektarda ko‘rsatiladigan ma’lumotlar bilan to‘ldirildi.

Qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik bo‘lmagan yerlar uchun to‘lanadigan yer solig‘i hisob-kitobiga 1-ilova qurilishi tugallanmagan obyektlar bilan band bo‘lgan yer maydonlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar aks ettiriladigan uchta ustun bilan to‘ldirildi. Bunday obyektlar bo‘yicha yer solig‘i uch baravar stavkada to‘lanadi (Soliq kodeksining 283-moddasi 3-qismi).

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning II choragidan soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llaydigan yuridik shaxslar ham yer solig‘ini to‘laydigan bo‘ldi. Ular Qurilish vazirligining qurilish sohasida nazorat hududiy inspeksiyalari (Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi arxitektura va qurilish nazorati inspeksiyasi o‘rniga tashkil etilgan, 2018-yilda 2-apreldagi PF-5392-son farmonning 2-bandi) tomonidan aniqlangan yer uchastkalari bo‘yicha yer solig‘ini Soliq kodeksining 283-moddasi 3-qismida belgilangan tartibda to‘laydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2018, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 115) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют