» » OAV: Germaniya qiruvchi samolyotlari Hindiston yo‘lovchi samolyotini to‘xtatib qolish uchun havoga ko‘tarilgan

OAV: Germaniya qiruvchi samolyotlari Hindiston yo‘lovchi samolyotini to‘xtatib qolish uchun havoga ko‘tarilgan


Hindiston Fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi Germaniya harbiy havo kuchlarining ikkita qiruvchi samolyoti trevoga bilan havoga ko‘tarilib, Mumbay—London yo‘nalishi bo‘yicha Germaniya hududi ustidan uchib o‘tayotgan Jet Airways kompaniyasiga tegishli Hindiston avialayneriga taxminan 10 daqiqa davomida hamrohlik qilgani bilan bog‘liq hodisani tekshirmoqda, deb yozadi “TASS”.

Qiruvchi samolyotlar hind uchuvchilari mahalliy havo harakatini boshqarish xizmati so‘rovlariga bir necha marta javob bermagach, ularni to‘xtatib qolish uchun uchib chiqqan.

Hodisa 17-fevral, payshanba kuni yuz bergan, o‘shanda Hindistonning bortida 330 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan Boeing 777-300 samolyoti bilan Kyoln havo hududida radioaloqa yo‘qolgan edi.

Layner uchuvchilari aviadispetcherga bir necha marta javob bermagan, shundan so‘ng harbiy havo kuchlari samolyotlari havoga ko‘tarilgan. Qiruvchilar havoga ko‘tarilganidan keyingina hindistonlik uchuvchilar favqulodda aloqa chastotasida havo harakatini boshqarish xizmati bilan aloqa o‘rnata olgan.

Опубликовано: admin (20-02-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют