» » Saudiya Arabistonida mamlakat tarixida ilk bor Comic Con pop-madaniyat festivali bo‘lib o‘tdi

Saudiya Arabistonida mamlakat tarixida ilk bor Comic Con pop-madaniyat festivali bo‘lib o‘tdi


Saudiya Arabistonida mamlakat tarixida ilk bor Comic Con pop-madaniyat festivali bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Mamlakat g‘arbidagi Jidda shahrida o‘tkazilgan tadbirga uch kun mobaynida 20 mingga yaqin kishi tashrif buyurdi.

“Ko‘ngilochar mashg‘ulotlar avvalgi yillarga qaraganda anchagina ko‘paydi. Oldinlari oila bilan borish mumkin bo‘lgan bunday tadbirlar o‘tkazilmasdi”, — deya hikoya qiladi mahalliy aholi vakillaridan biri. 

Jiddada o‘tkazilgan Comic Con festivalining o‘ziga xos tomonlari ham qayd etildi: erkaklar va ayollar alohida navbatda turdi, shou esa azon chaqirilgan payt to‘xtatib turildi. 

Ekspertlar Saudiya Arabistoni mamlakat iqtisodiyoti asosi bo‘lgan neft narxining pastligi tufayli iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar o‘tkazish, ko‘ngilochar tadbirlarga e’tibor qaratishga harakat qilayotganini ta’kidlamoqda. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-02-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют