» » Tailanddagi ibodatxona ostonasida harbiylar va rohiblar mushtlashdi

Tailanddagi ibodatxona ostonasida harbiylar va rohiblar mushtlashdi


Ikki politsiyachi va uch budda rohibi Bangkok tashqarisidagi eng yirik Dxammakay ibodatxonasi ostonasida yuz bergan mushtlashuv natijasida yengil jarohatlar oldi, deb yozadi “TASS” Bangkok Post’ga tayanib.

Nashr saytiga joylangan videolavhalar guvohlik berishicha, 20 daqiqaga yaqin davom etgan janjalda bir necha o‘n nafar harbiylar va rohiblar qatnashgan, ular o‘tgan haftadan buyon politsiya va harbiylar tomonidan qamal qilib qo‘yilgan ibodatxonaga o‘tishga uringan.

Qirollik saroyi byurosi 16-fevral kuni bosh vazir Prayut Chan-Ochaning buyrug‘ini e’lon qilgan edi, unga muvofiq, ibodatxona majmuasida yashirinayotgan yirik firibgarlikda gumonlanuvchi bosh ruhoniy Dxammachayoni hibsga olish uchun, harbiy idoralar ibodatxona ustidan nazorat o‘rnatdi. Hukumat umumiy maydoni qariyb 400 gektarni tashkil qoluvchi ibodatxona hududida tintuv olib bormoqda, ammo hozircha natija bo‘lgani yo‘q.

Опубликовано: admin (20-02-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют