» » NASA Somon yo‘lining ko‘rinmas bulutlari xaritasini tuzdi

NASA Somon yo‘lining ko‘rinmas bulutlari xaritasini tuzdi


NASA olimlari Yer atrofida joylashgan, ammo ko‘zga ko‘rinmaydigan chang bulutlari xaritasini tuzdi. Loyiha Yer observatoriyasi yordamida amalga oshirilgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Bunday bulutlar dengizdan ko‘tariladigan tuzdan, o‘rmon yong‘inlaridan chiqadigan qora qurum va og‘ir sanoatdan ajralib chiqadigan changli ajralmalardan iborat.

Xarita ustida olib borilgan ishlar davomida turli datchiklardan, shu jumladan, Aqua va Terra yo‘ldoshlaridagi MODIS datchiklaridan olingan ma’lumotlar birlashtirilgan. Tasvirga rang qo‘shish uchun Yerdagi datchiklar ma’lumotlaridan foydalanilgan.

Rang tufayli kichik birliklarning kelib chiqish tabiatini farqlash mumkin. Qizil rang bilan Shimoliy Amerika ustidagi o‘rmon yong‘inlari tutunidan paydo bo‘lgan massa ifodalangan.

Moviy rang Yaponiyadagi bo‘ronlardan kelib chiqqan, uning natijasida atmosferaga dengiz tuzi ko‘tarilgan.

Qirmizi rang esa cho‘l shamollari uchirgan qum changlarini aks ettirgan. Ular Afrikadagi Sahro cho‘li ustida, shuningdek, Xitoyning shimoli-g‘arbida joylashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2018, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют