» » “Manchester Yunayted”ga foyda keltirayotgan Pol Pogba va Zlatan Ibrahimovich. Mourinyo hozircha ulardan minnatdor

“Manchester Yunayted”ga foyda keltirayotgan Pol Pogba va Zlatan Ibrahimovich. Mourinyo hozircha ulardan minnatdor


2017-yilga kelib Pol Pogba 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Qiziq tomoni, ularning hammasi Zlatan Ibrahimovichning goli bilan yakunlandi.

Pogba tomonidan uzatilgan paslarni “Yunayted”ning boshqa futbolchilari gol bilan yakunlay olmayaptimi yoki Polning o‘zi Zlatandan boshqalarga pas berishni istamayaptimi — aytish qiyin.

Pogba ajoyib sport formasida, biroq hammaning diqqat markazida ekani uning ishini qiyinlashtiradi. Ishonamanki, bugun Pogbadagi talantning yarmiga ega bo‘lgan boshqa futbolchilar kelasi yozga qadar shunday ko‘rinishda bo‘ladi.

Vaqt o‘tib Pogba biz uchun naqadar arzonga tushganini hamma tushunib yetadi. Bir necha yil muqaddam fenomenal futbolchini 25 million funtga sotib olish mumkin edi. Bugun esa bu pulga umidli yigitlarnigiga xarid qilishingiz mumkin.

Shundan kelib chiqsak, kelasi yildayoq Pogba eng qimmat futbolchi tamg‘asidan qutuladi. Bu unga foydali bo‘lishi mumkin.

Joze Mourinyo, “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi

Kuchli beshlikning Germaniyadan boshqa hamma ligasida o‘ynab chiqqan Zlatan Ibrahimovich esa o‘zining qiziqarli rekordlarini davom ettirmoqda. Bunga qadar u Italiya, Ispaniya va Fransiya kuboklarida raqiblar darvozasiga yo‘l topgan bo‘lsa, “Blekbern”ga qarshi o‘yinda Zlatan o‘z ro‘yxatiga Angliyani ham qo‘shib qo‘ydi.

Men va Pogbani ikkinchi bo‘limga kelib maydonga tushirishdi va bu ish berdi. Qolgan turnirlarda bo‘lgani kabi Angliya kubogida ham yurishimizni davom ettirayotganimizdan xursandmiz.

Angliya kubogida har bir o‘yin finaldek gap. Bunda autsayder klublarning muvaffaqiyati ko‘p kuzatiladi. Shundan kelib chiqib chempionat yakuniga qadar o‘zimizga bo‘lgan ishonchni saqlab qolishimiz kerak.

Zlatan Ibrahimovich, “Manchester Yunayted” a’zosi

Опубликовано: admin (20-02-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют