» » Parijlik ayolni ko‘chada qoldirib ketilgan kitob uchun 68 yevro jarimaga tortishdi

Parijlik ayolni ko‘chada qoldirib ketilgan kitob uchun 68 yevro jarimaga tortishdi


Parij politsiyasi o‘qib tugatilgan kitobni ko‘chada, kitob do‘koni yaqinida qoldirib ketgan ayolni hibsga oldi, deb yozadi Meduza. Gvenel ismli ayol kitobni kimgadir bermoqchi bo‘lgan, ammo do‘konda bukkrossing uchun javon bo‘lmagan.

Politsiyachilar Gvenelni qo‘lga olib, uni 68 yevro jarimaga tortdi — ayolni jamoat joyida axlat qoldirib ketganlikda ayblashdi. O‘z iti axlatini olib tashlamaganlar yoki sigareta qoldig‘ini axlat qutisiga tashlamagan qoidabuzarlarga ham shuncha miqdorda jarima solishadi.

Keyinroq Gvenel jarima haqida Facebook’dagi sahifasiga yozdi. Shunda voqeaga jurnalistlar e’tibor qaratdi va Parij meriyasi jarimani bekor qilishga qaror qildi.

Bukkrossing — ijtimoiy tarmoqlar tamoyili bo‘yicha faoliyat yuritadigan va fleshmobga o‘xshash xobbi va jamoatchilik harakati. Bunda kishi kitobni o‘qib bo‘lib, boshqa odam, tasodifiy o‘tkinchi uni topib o‘qishi uchun, kitobni jamoat joyida qoldirib ketadi; u ham o‘z navbatida bu harakatni takrorlaydi.

Опубликовано: admin (20-02-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют