» » DXX Qarshida yer olish uchun pora talab qilgan ikki davlat xodimini qo‘lga oldi (video)

DXX Qarshida yer olish uchun pora talab qilgan ikki davlat xodimini qo‘lga oldi (video)


Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyat boshqarmasi yer olish uchun tadbirkordan pora talab qilgan ikki davlat xizmatchisini qo‘lga tushirish bo‘yicha operatsiya o‘tkazdi, deb yozadi “Podrobno.uz”.

Birinchi bosqichda DXX xodimlari Qarshi hokimligi iqtisodiy sektori mutaxassisi Nurmamat K.ni “Otchopar” mahallasidan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yer maydoni olishda yordam bergani uchun, fuqarodan 4,3 ming dollar olayotgan vaqtida qo‘lga tushirdi.

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, u bu pulni Qarshi shahar arxitektura va qurilish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Siroj Yu.ga berishi, ushbu mahalla hududidan yer ajratish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishni aynan u amalga oshirishi kerak bo‘lgan.

Natijada DXX vakillari Siroj Yu.ni 4,3 ming dollarni olish chog‘ida jinoyat ustida ushladi.

Ayni paytda Nurmamat K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 212-moddasi (Pora olish-berishda vositachilik qilish), Siroj Yu.ga nisbatan esa 210-moddasi (Pora olish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2018, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют