» » 200 mingga yaqin indoneziyalik O‘zbekiston orqali Umra ziyoratiga borishi kutilmoqda

200 mingga yaqin indoneziyalik O‘zbekiston orqali Umra ziyoratiga borishi kutilmoqda


Makka shahridagi “Abrojul Hidoya” mehmonxonasida “Haj-2018” ishchi guruhi rahbari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Nuriymon Abulhasanning Saudiya Arabistonidagi hamkor “Al-Hidoya” shirkati va Indoneziyadagi “Burhonul Hidoya” shirkati rahbarlari bilan muloqoti tashkil etildi. Bu haqda O‘MI matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuvda indoneziyalik ziyoratchilarning Samarqand va Buxoro shaharlari orqali Umra ziyoratiga borishini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, har yili 150-200 ming indoneziyalik qadimiy shaharlarning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilib, so‘ng umra safariga shu yerning o‘zidan jo‘nab ketishi mumkin.

Ushbu jarayonni samarali tashkil etish maqsadida hamkor shirkat rahbari shayx Solih Salim Bahviniy yaqinda O‘zbekistonga keladi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamkorligida amalga oshiriladigan ushbu tashrif davomida Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK mutasaddilari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, indoneziyaliklarning O‘zbekiston orqali Umra safariga jo‘nab ketishi joriy yil oktabr oyidan boshlanishi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2018, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют