» » Yaponiyada qishki Osiyo o‘yinlari start oldi. Unda O‘zbekiston sharafini Misha Ge himoya qiladi

Yaponiyada qishki Osiyo o‘yinlari start oldi. Unda O‘zbekiston sharafini Misha Ge himoya qiladi


19-fevral kuni Sapporoda VIII qishki Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi MOQ matbuot xizmati.

Unga Sapporo Dome stadioni mezbonlik qildi. Ushbu arena 2002-yilda futbol bo‘yicha Jahon chempionati uchrashuvlariga ham mezbonlik qilgandi.

Osiyo o‘yinlari 19—26-fevral kunlari Yaponiyaning Sapporo va Obixiro shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirokchilar sportning 11 turi bo‘yicha bellashadi: xokkey, biatlon, kyorling, figurali uchish, short-trek, konkida yugurish, tog‘ chang‘i sporti, chang‘i poygasi, fristayl, snoubord va tramplindan sakrash. Obixiro faqatgina konkida yugurish bo‘yicha musobaqalarni o‘zida qabul qiladi.

Qishki Osiyo o‘yinlariga 32 mamlakatdan 1200 nafar sportchi tashrif buyurgan. Bu safar Okeaniya mintaqasi vakillari hisoblan Avstraliya va Yangi Zelandiya terma jamoalari ham musobaqada mehmon sifatida qatnashadi. Faqat ular medallar uchun kurash olib bormaydi.

Kechagi tantanali ochilish marosimidan avval Sapporoda O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarish marosimi o‘tkazildi. Musobaqada mamlakat sharafini bir nafar sportchi — figurali uchishda Misha Ge himoya qiladi.

U o‘z ishtirokini 24-fevralda boshlaydi. Shu kuni qisqa dastur bo‘yicha musobaqalar Toshkent vaqti bilan 14:05 da start oladi.

26-fevral kuni Toshkent vaqti bilan 08:00 da erkin dastur bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazalib, Gening unda ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid: O‘zbekistonlik Misha Ge jarohati tufayli figurali uchishni 25 yoshida tark etishi mumkin

26-fevral kuni Makomanay muz saroyida Osiyo o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi o‘tkaziladi.

Опубликовано: admin (20-02-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют