» » Agrippina Shin maktabgacha ta’lim vazirligi shu kungacha erishgan yutuqlari haqida ma’lumot berdi

Agrippina Shin maktabgacha ta’lim vazirligi shu kungacha erishgan yutuqlari haqida ma’lumot berdi


27-avgust kuni Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan maktabgacha ta’lim tizimi pedagog va rahbar xodimlarining birinchi yillik konferensiyasi o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo” ga ma’lum qildi.

Yangi o‘quv yili arafasida Maktabgacha ta’lim vazirligi “2018–2019 o‘quv yilida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishining strategik ustuvorliklari – hammaboplik va sifat” birinchi yillik anjumanini o‘tkazdi.

Plenar sessiyaning interaktiv video-formati zalga yig‘ilgan 140 nafar maktabgacha ta’lim xodimlarinigina emas, balki mamlakatning barcha mintaqalaridagi 5 mingdan ziyod mutaxassislarni ham qamrab olish imkonini beradi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkentdagi Puchon (Koreya) universiteti filiali, shuningdek UNESCO, UNICEF va Jahon banki vakillari tadbir mehmonlari bo‘ldi.

“2018–2019 o‘quv yilida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik ustuvorliklari – hammaboplik va sifat” taqdimoti bilan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin ma’ruza qildi. O‘z chiqishida vazir maktabgacha ta’lim vazirligining qator yutuqlarini qayd etdi:

Amaliy sessiya Mirobod tumanidagi 34- son va 164- son maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘tkazildi, u yerda oltitta mavzudagi: “Autsorsing uslubida bolalar uchun sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish”, “Maktabgacha ta’lim muassasasida innovatsion ta’lim muhitini tashkil etish”, “Open EMIS ta’lim boshqaruvi axborot tizimini joriy etish”, “Tabiatda ta’lim faoliyatidan lavha”, “Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tarbiya-ta’lim jarayonlarida multimedia texnologiyalarini qo‘llash” va “Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi rivojlantirish markazlarini jihozlashga ijodiy yondashuv” maydonlari tashkil etildi. Olingan tajriba har bir mintaqa va maktabgacha ta’lim muassasasining sharoitidan kelib chiqib, amalda qo‘llaniladi.

Tadbir o‘tgan davr yakunlarini chiqarish, “o‘sish nuqta”larini belgilash va kelgusi o‘quv yili uchun asosiy vazifalarni belgilash imkonini berdi. Konferensiya maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirish masalalarini muhokama qilish uchun samarali bahs-munozara maydoni bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2018, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют