» » Kamchatkada avtobus ochiq eshikdan tushib ketgan ayolni 1,5 kilometrga sudrab ketdi

Kamchatkada avtobus ochiq eshikdan tushib ketgan ayolni 1,5 kilometrga sudrab ketdi


Rossiyaning Petropavlovsk-Kamchatskiy shahrida politsiya avtobus qariyb 1,5 km yo‘l bo‘yi sudrab ketgan ayolning o‘limi holati bo‘yicha tekshiruv boshladi, deb yozadi “RBK” IIVning hudud bo‘yicha boshqarmasi saytiga tayanib.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 14-fevral kuni “reys avtobusi haydovchisi yo‘lovchilarni tashish xavfsizligiga ishonch hosil qilmagan va 54 yoshli yo‘lovchi ayolning salondan tushib ketishiga yo‘l qo‘ygan”, — deyiladi xabarda.

Muassasa ma’lumotlariga ko‘ra, eshik ayolning oyog‘ini qisib qolgan, shundan so‘ng avtobus uni yo‘l bo‘yi sudrab ketgan. Jabrlanuvchini kasalxonaga yetkazishgan, ammo uch kundan so‘ng u vafot etgan.

Tekshiruv yakunlanib, sud tibbiy xodimi xulosasi olingach, hujjatlar Kamchatka o‘lkasi bo‘yicha tergov boshqarmasiga topshiriladi.

Опубликовано: admin (20-02-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют