» » O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi a’zolarining to‘liq ro‘yxati e‘lon qilindi

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi a’zolarining to‘liq ro‘yxati e‘lon qilindi


O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi Komil Allamjonov yangi tashkil etilgan Prezident Administratsiyasi a’zolarining to‘liq ro‘yxatini e’lon qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 27-avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish to‘g‘risida” farmon qabul qildi.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tashkil etildi. U rus tilida “Administratsiya Prezidenta Respubliki Uzbekistan”, ingliz tilida The Administration of the President of the Republic of Uzbekistan deb yuritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga konstitutsion vakolatlarini amalga oshirishda ko‘maklashish, mamlakatning sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanish holatini tahlil qilish, islohotlarning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, Prezident qabul qilgan hujjatlar ijrosini nazorat qilish va boshqa ko‘plab vazifalar Administarsiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi.

Ilgari mavjud bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi lavozimlari o‘rnida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi lavozimlari tashkil etildi. Turli sohalar bo‘yicha Prezident maslahatchilari xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ularning faoliyati Prezident Administratsiyasi rahbari tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Davlati rahbarining shu kuni qabul qilingan yana bir farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbar xodimlari lavozimga tayinlandi:

Zaynilobiddin Nizomiddinov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi.

Aziz Mag‘rupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Alisherbek Payg‘amov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari etib tayinlandi.

Komil Allamjonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.

Xayritdin Sultonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Spichrayteri etib tayinlandi.

Umar Ismailov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va kadrlar zaxirasi masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Rustam Inoyatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza kilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Tursinxan Xudaybergenov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Abdujabbor Abduvoxitov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Rustam Qosimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimlariga tayinlandi.

Zilemxan Xaydarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamenti rahbari etib tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2018, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют