» » Namangan shahrida yangi oilaviy poliklinika foydalanishga topshirildi

Namangan shahrida yangi oilaviy poliklinika foydalanishga topshirildi


O‘zbekiston davlat mustaqilligining 27 yillik bayrami arafasida Namangan shahrida bunyod etilgan 14-oilaviy poliklinika foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, tibbiyot faxriylari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Ikki qavatli zamonaviy shifo maskanida “Namangan davr qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati bunyodkorlari tomonidan 4,814 milliard so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi.

250 kishiga mo‘ljallangan mazkur tibbiyot muassasasi shahardagi G‘ishtko‘prik, Chorsu, Madaniy, Sumalak guzari va Madaniy-maorif mahallarida istiqomat qiluvchi 32 mingdan ziyod aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Bu yerda 21 nafar shifokor va 56 nafar o‘rta tibbiyot xodimi faoliyat olib boradi.

Yangi oilaviy poliklinika xonalari keng va shinam. Tibbiy talablardan kelib chiqib ishlangan mebellar bilan ta’minlangan. Eng so‘nggi rusumdagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy qilingan. “Elektron poliklinika” avtomatlashtirilgan tizimga ulangan. Tibbiy xizmat va muolajalar zamonaviy apparatlar vositasida bajariladi.

Poliklinikaga tez kunlarda “Salomatlik-3” loyihasi doirasida 152 ming dollarlik yangi asbob-uskunalar olib kelinishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2018, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют