» » Farg‘onada “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi ko‘magida 219 ta yoshlar mehnat guzari quriladi

Farg‘onada “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi ko‘magida 219 ta yoshlar mehnat guzari quriladi


Farg‘ona viloyatida “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida 219 ta yoshlar mehnat guzarlarini qurish rejalashtirilgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Hozirgi kunga qadar viloyatda 72 ta yoshlar mehnat guzarlari uchun qulay bino va yer maydonlari ajratildi. 39 ta yoshlar mehnat guzarlari o‘z faoliyatini boshladi, 20 ta obyektda esa ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Foydalanishga topshirilgan yoshlar mehnat guzarlarida 429 ta doimiy ish o‘rni yaratildi.

Dang‘ara tumanida yashovchi Karomat Bahodirovaga “Chinobod” mahallasi markazidagi bo‘sh turgan bino yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan “nol” qiymatda berildi. Tadbirkor qiz bankdan ajratilgan 250 million so‘m imtiyozli kredit evaziga yoshlar mehnat guzari tashkil qilib, tikuvchilik sexini ishga tushirdi. Tez orada mazkur sexda 100 nafar yoshlar ish boshlaydi.

Mehnat guzarlarini tashkil etishda tumanlarda shakllangan sohalarga e’tibor berilmoqda. Masalan, Rishton tumanida kulolchilik, Bag‘dod tumanida qandolatchilik, Buvayda tumanida duradgorlik, Marg‘ilon, Qo‘qon shaharlarida maishiy xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlaridagi mehnat guzarlari ochilmoqda.

Joriy yil oxiriga qadar Farg‘ona viloyatida “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi asosida yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan 424 loyiha amalga oshiriladi va 2842 nafar yoshlar ish bilan ta’minlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2018, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 113) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют