» » Farg‘onada rafiqasining qotiliga aylangan erga nisbatan hukm chiqarildi

Farg‘onada rafiqasining qotiliga aylangan erga nisbatan hukm chiqarildi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudida o‘z rafiqasining qotiliga aylangan fuqaroga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

D.Sotvoldiyev D.Ortiqova bilan qonuniy nikohdan o‘tib, turmush qurgan. Ikki nafar farzandi bor. O‘zaro oilaviy kelishmovchiliklar sabab ular keyingi yillarda alohida yashab kelgan.

2018-yil 11-aprel kuni soat 23:00 larda D.Ortiqova turmush o‘rtog‘i D.Sotvoldiyevning Rishton tumani, “Yoshlik” mahallasida joylashgan yashash xonadoniga kelib, o‘g‘li M.Ortiqovni o‘zi bilan olib ketishini aytadi. D.Sotvoldiyev tabiiyki, e’tiroz bildiradi. O‘g‘li hech qayerga bormasligini, shu yerda qolishini aytib, janjal ko‘taradi.

Janjal davomida xotinining haqoratlaridan jahli chiqqan D.Sotvoldiyev oshxona pichog‘ini olib chiqib, badanining turli joylariga uradi va og‘ir tan jarohati yetkazadi. Oqibatda D.Ortiqova shifoxonada vafot etadi.

Mazkur jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudining raisi M.Mirzajonov tomonidan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Farg‘ona shahar va Rishton tumani kengashlari, xotin-qizlar qo‘mitasi, keng jamoatchilik hamda OAV vakillari ishtirokida ochiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.

Sud majlisi davomida sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarning, sudlanuvchi va jabrlanuvchi istiqomat qilgan hududdagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining ko‘rsatuvlari tinglandi. Sud hukmi bilan D.Sotvoldiyevga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanib, 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sud tomonidan D.Sotvoldiyevga jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, jabrlanuvchi qonuniy vakilining talabini inobatga olish bilan birga, sudlanuvchining shaxsini, oilaviy sharoitini, muqaddam sudlanmaganini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, jabrlanuvchining axloqqa zid xulq-atvori ta’siri ostida jinoyat sodir etganini jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb baholab, unga nisbatan u ayblanayotgan modda sanksiyasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosining eng kam qismidan ham kamroq miqdorda jazo tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2018, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют