» » Bob Arumdan keyin Oskar De La Xoyya ham Fazliddin G‘oibnazarovga hamkorlikda ishlash taklifini berdi

Bob Arumdan keyin Oskar De La Xoyya ham Fazliddin G‘oibnazarovga hamkorlikda ishlash taklifini berdi


AQShning Los-Anjeles shahrida bo‘lib turgan o‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oibnazarov yana bir promouterlik kompaniyasidan taklif qabul qilib oldi. Bu haqda bokschining murabbiyi Abror Tursunpo‘latovga tayanib “Olamsport” xabar berdi.

Avvalroq mashhur promoyetur Bob Arum o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi bilan ishlash taklifini bergandi. Endilikda G‘oibnazarov bilan Oskar De La Xoyya asos solgan Golden boy promouterlik kompaniyasi hamkorlik qilish niyatida.

Professional shartnoma imzolab ulgurmadik. Shoshayotganimiz yo‘q. Takliflarni o‘rganib chiqmoqdamiz. Ba’zi bokschilarga o‘xshab, yolg‘onga aralashib qolmaslik uchun ham shoshilmayapmiz.

Los-Anjelesda Aleksandr Lomachenko, Sergey Kovalyovlar bilan bitta zalda mashg‘ulot o‘tkazmoqdamiz. Qattiq ishlayapmiz. Chunki orada katta tanaffus bo‘ldi. Avval o‘zimiz jang uchun tayyor bo‘lib olishimiz lozim. Chempionlik jangiga tezroq harakat qilmoqchimiz. Buning uchun promuoterlik kompaniyasi bilan shartnomamiz bo‘lishi kerak.

Abror Tursunpo‘latov, boks murabbiyi

Опубликовано: admin (20-02-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют