» » Buxoroda Cobalt mashinasini ololmagan iste’molchiga puli undirib berildi

Buxoroda Cobalt mashinasini ololmagan iste’molchiga puli undirib berildi


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Buxoro viloyat hududiy birlashmasi “Ishonch telefoni”ga Shofirkon tumani, “Joyrobod” mahallasida yashovchi Nasiba Tillayeva qo‘ng‘iroq qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Uning Buxoro shahridagi “Umid Savdo Fayz Invest” MChJga qarashli “Umid lizing” korxonasidan norozilik bildirilgan murojaati qonun talablari doirasida o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi bilan 2018-yil 3-fevral kuni Cobalt avtomobili yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzilgan bo‘lib, 38734000 so‘m to‘lov amalga oshirilgan. Shartnomada ko‘rsatilgan muddatdan 120 kun o‘tib ketgan bo‘lsa-da, fuqaro mashinasini ololmagan.

Arizani o‘rganish jarayonida iste’molchining “Umid lizing” korxonasidan 38734000 so‘m puli olib berildi hamda muammosi ijobiy hal etildi. Korxona rahbariyati va xodimlari yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish, bundan keyin bunday holatlarni yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2018, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют