» » O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda yoshlar biznes-inkubatorlari ish boshlaydi

O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda yoshlar biznes-inkubatorlari ish boshlaydi


Umumjahon yoshlarni rivojlantirish forumi ijrochi prezidenti Si Lyu boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashida xitoylik mehmon bilan amaliy muzokaralar olib borildi. Do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvda yoshlar siyosatiga oid muhim masalalar muhokama qilindi. Tez kunlarda O‘zbekiston—Xitoy biznes inkubatorlari, yoshlar savdo markazi ishga tushishi, yoshlar turizmi rivojlantirilishi qayd etildi.

Ta’kidlash joizki, bu O‘zbekiston yoshlar ittifoqi delegatsiyasining joriy yil 15—22-iyul kunlari amalga oshirgan safarining dastlabki mevalaridan biridir. Jahonning eng rivojlangan davlatlari qatoridan mustahkam o‘rin egallagan Xitoy bilan yoshlar masalasidagi hamkorlik o‘z natijasini berishi kutilmoqda.

Si Lyu boshchiligidagi delegatsiya Farg‘ona, Xorazm va Buxoro viloyatlarida bo‘lishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2018, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют