» » Namanganda YPX inspektoriga pora taklif qilgan haydovchi qo‘lga olindi

Namanganda YPX inspektoriga pora taklif qilgan haydovchi qo‘lga olindi


Namangan viloyat IIB YHXB YPX inspektori joriy yil 26-avgust kuni Mingbuloq tumanida Damas rusumli avtomobilni to‘xtatib,haydovchi mashinani ishonch qog‘ozisiz boshqarib yurganligini aniqladi. Bu haqda “Daryo”ga YHXB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, mashina jarima maydonchasiga keltiriladi. Haydovchi jarima qo‘llamaslik va avtomobilni chiqarib berish uchun inspektorga pora taklif qiladi. Inspektor esa ushbu taklif haqida tegishli tartibda rahbariyatni ogohlantiradi.

Mingbuloq tumanida joylashgan jarima maydonchasida haydovchi YPX inpektoriga oldindan taklif qilgan 100 ming so‘mni pora sifatida berayotganda IIB o‘z xavfsizligi bo‘limi va prokuratura xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mingbuloq tumanida yashovchi D. A’zamjonga nisbatan tuman prokuraturasi tomonidan shu kunning o‘zida JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2018, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют