» » O’zbekistonda istiqbolli boshqaruv kadrlari tanlovi e’lon qilindi

O’zbekistonda istiqbolli boshqaruv kadrlari tanlovi e’lon qilindi


Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovi e’lon qilindi. Tanlov joriy yilning 30-mayidagi Prezident qaroriga asosan uch yilda bir marta o‘tkaziladi, deb yozmoqda “Gazeta.uz”.

Tanlov g‘oliblari “Boshqaruv kadrlarini tayyorlashning prezident dasturi” bo‘yicha uch oylik o‘quv kursida ta’lim oladi, xorijda amaliyot o‘taydi, keyin esa davlat tashkilotlarida boshqaruv lavozimlariga tayinlanadi.

“Taraqqiyot” tanlovi quyidagi 16 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi:

Tanlovda 30 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan bazaviy oliy ma’lumotga ega va tegishli sohada kamida uch yil boshqaruv lavozimida ishlagan O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun taraqqiyot-tanlov.uz saytida 1-oktabrdan 30-oktabrgacha bo‘lgan muddatda ro‘yxatdan o‘tish kerak. Tanlov haqida batafsil ma’lumot saytda berilgan.

Tanlov finaliga 150 nafar talabgor tanlab olinadi, ulardan 50 nafari g‘olib deb topiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2018, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 45) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют