» » Putin kuch tuzilmalarining 15 nafar generalini ishdan bo‘shatdi

Putin kuch tuzilmalarining 15 nafar generalini ishdan bo‘shatdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin IIV, FVV, Jazoni ijro etish federal xizmati va Tergov qo‘mitasining 15 nafar generalini lavozimidan ozod etdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Tegishli farmon huquqiy axborot rasmiy internet portalida chop etildi.

Lavozimidan ozod etilganlar orasida FVV Tomsk viloyati bosh boshqarmasi rahbari Mixail Begun, IIV Saratov viloyati bosh boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Andrey Boyko, Jazoni ijro etish federal xizmatining Komi Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi rahbari Igor Vaneyev, shuningdek, Tergov qo‘mitasi Janubiy harbiy okrug bo‘yicha harbiy tergov boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Vasilyevlar bor.

Bundan tashqari, FVV Murmansk viloyati bosh boshqarmasi rahbari Vladimir Gusyev, FVV Saxalin viloyati bosh boshqarmasi rahbari Denis Ilinov, Rossiya TQ Kemerovo viloyati tergov boshqarmasi rahbari Sergey Kalinkin ham lavozimidan ozod etilgan.

Davlat rahbari, shuningdek, FVV rahbari o‘rinbosari Vladlen Aksenovni ham lavozimidan ozod qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2018, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют