» » Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston termasining ilk o‘yiniga chiptalar bugundan sotuvga chiqadi

Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston termasining ilk o‘yiniga chiptalar bugundan sotuvga chiqadi


Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 6-sentabr kuni futbol bo‘yicha Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Suriya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

O‘yinga “Milliy”(sobiq “Bunyodkor”) stadioni mezbonlik qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.

Mazkur bahs uchun chiptalar bugun, 29-avgustdan boshlab sotuvga chiqariladi. O‘FA matbuot xizmatiga ko‘ra, chiptalar narxi toifasiga qarab 20 ming, 25 ming va 50 ming (CIP) so‘mni tashkil qiladi.

Chiptalarni stadion kassalaridan xarid qilish mumkin. Shuningdek, muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida bozorlar, savdo majmualari oldida sayyor kassalar ham tashkil etilishi ta’kidlanadi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2018, 05:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют