» » “Real Madrid” “Lion” hujumchisini sotib oladigan bo‘ldi

“Real Madrid” “Lion” hujumchisini sotib oladigan bo‘ldi


Fransiyaning “Lion” klubi hujumchisi Mariano Dias Madridning “Real” jamoasiga qaytadigan bo‘ldi.

Onda Cero ma’lumotiga ko‘ra, “Qirollik klubi” 25 yoshli Dias bilan besh yillik shartnoma tuzadi. “Real” bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Mariano bilan shaxsan uchrashib, uning Ispaniyaga qaytish imkoniyatlarini muhokama qilgan.

Avvalroq Andalusiyaning “Sevilya” jamoasi hujumchi bilan kelishuvga erishgani xabar berilgandi. Ammo madridliklar Diasni “Lion”ga qayta sotib olish huquqi bilan qo‘yib yuborgani ma’lum bo‘ldi. Dominikanlik futbolchining “Real”ga qaytishi 20 million yevroga tushadi.

Ma’lumot uchun Dias “Real” safida 2012—2017-yillar oralig‘ida harakat qilgan. 2017/18-yilgi mavsum avvalida esa “Lion”ga ko‘chib o‘tgandi. Futbolchi o‘tgan mavsum jamoasi safida Fransiya chempionatining 34 o‘yinida qatnashib, 18 ta gol urishga erishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2018, 05:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют